13 Aprel 2025
283
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida surxondaryolik dzyudochilar tengsiz boʻlishdi
Buxoro shahrida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi tashkil etildi. Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar -81, -90, -100 va + 100 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi.
Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan ushbu turnirda surxondaryolik sportchilar umumjamoa hisobida yetakchilik qilishdi. Shuningdek, Qashqadaryo va Buxoro vakillari kuchli uchlikdan joy olishdi.