12 Aprel 2025
214
Toshkentda sakkizta terma jamoa ishtirokida xalqaro yigʻin oʻtmoqda
Shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimizda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Ahamiyatlisi, hozirda mazkur yigʻinga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozogʻiston va Iordaniya jamoalari ham qoʻshilib, 8 ta terma jamoa birgalikda mashgʻulot olib bormoqda.
Qayd etish joiz, har bir davlat oʻzining asosiy tarkib sportchilari bilan qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafarga yaqin Olimpiada chempionlari va sovrindorlarini uchratish mumkin. Yigʻin 20-aprelga qadar davom etadi.