11 Aprel 2025
199
Los-Anjeles-2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar
Boʻlajak yozgi Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi bir qator sport turlariga yangi dasturlar kiritilganini eʼlon qildi. Koʻpchilikning eʼtiborini tortgan yoʻnalishlardan biri akademik eshkak eshish sportida kuzatildi.
Amerikaliklar avvalgi Oʻyinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning oʻrniga qirgʻoqboʻyida kechadigan yoʻnalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.
Toʻliq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).
Sohilboʻyi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.