10 Aprel 2025
128
Ot yoʻrttirish boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida mamlakat chempionati oʻtkazildi
7-10-aprel kunlari poytaxtimizda ot yoʻrttirish boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. 3 kun davom etgan musobaqada yosh chavandozlar oʻzlarining qiziqarli chiqishlari bilan mutaxassislar eʼtiborini qozonishdi. Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.