10 Aprel 2025 379

Olimpiya birdamligi loyihasi asosida yana bir seminar muvaffaqiyatli yakunlandi

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining Olimpiya birdamligi loyihasi asosida stol tennisi boʻyicha mahalliy murabbiylar uchun tashkil etilgan seminar nihoyasiga yetdi. Bugun kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga MOQ rahbariyati tomonidan sertifikatlar taqdim qilindi.

Xalqaro stol tennisi federatsiyasi hamkorlikda tashkil qilingan ushbu tadbirga iordaniyalik Muhammad Atum ekspert sifatida jalb etildi. Mutaxassis 9 kun mobaynida Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 28 nafar murabbiyga nazariy va amaliy yoʻnalishlarda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Tadbir yakunlanganidan keyin MOQ rahbariyati Muhammad Atum bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusida nafaqat murabbiylar, balki hakamlarning ham malakasini oshirish kabi mavzular muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, iordaniyalik mutaxassis yurtimizda stol tennisiga qiziqish yuqori darajada ekanini bildirib, keyinchalik ham hamkorlikda ish olib borishdan mamnun ekanini bildirdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu