10 Aprel 2025
298
Los-Anjeles-2028ning boks bahslarida katta oʻzgarish
Boʻlajak yozgi Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi musobaqa dasturiga kiritilgan vazn toifalarini tasdiqladi. Bu haqida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.
Unga koʻra, XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschilar quyidagi vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi:
Erkaklar: -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -80 kg, -90 kg, +90 kg;
Ayollar: -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, +80 kg.