9 Aprel 2025 254

Sablyachilarimiz jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkazilayotgan haqida maʼlum qilgan edik. Bugun jamoaviy dasturda ishtirok etgan sablyachi yoshlarimiz qizlar va yigitlar oʻrtasidagi dasturlarda bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Har ikki jamoamiz ham yarim finalgacha yoʻlni munosib bosib oʻtishdi. Final ostonasida qizlarimiz AQSh, yigitlarimiz esa Italiya jamoasiga imkoniyatni boy berdilar. Bronza medallari uchun bellashuvlarda esa Vengriya va Turkiya vakillari magʻlubiyatga uchratildi.

Shu tariqa, yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatlarida ilk bor jamoaviy dasturda medal qoʻlga kiritishdi.

Text to speech