9 Aprel 2025
277
Yengil atletikachilarimizning tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bugun mamlakat yengil atletika federatsiyasiga tashrif buyurib, sportchilarimizning yangi mavsumga olib borayotgan tayyorgarligi va federatsiya faoliyati bilan tanishdi. MOQ rahbariyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi rahbari, mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov kutib oldi.
13-aprel kuni VII Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi. Rasmiylar uchrashuv davomida ushbu tadbirga tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashishdi. Shuningdek, terma jamoa aʼzolarining oldinda turgan yirik musobaqalarga olib borayotgan hozirligi, ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasida ham fikr almashildi.