9 Aprel 2025 359

Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Bugun Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Tashpulatov Aziz Anvarovich mamlakat voleybol federatsiyasining raisi etib saylandi.

Ichki ishlar akademiyasida tashkil qilingan mazkur tadbirda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Rasmiylar konferensiyasida voleybolning yurtimizda rivojlanib borayotganini alohida eʼtirof etishdi. Terma jamoalar shakllantirilib, ular uchun mahalliy va xorijiy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etilayotgani, xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar va mashgʻulotlar olib borilayotgani tilga olindi.

Oʻz oʻrnida, Aziz Anvarovich bildirilgan ishonchni oqlashga, yurtimizda voleybol rivojini yangi bosqichga olib chiqishga vaʼda berdi. Sport vazirligi va MOQ rahbariyati mamlakat voleybol federatsiyasining yangi rahbariga oldinda turgan vazifalarni bajarishda kuch-gʻayrat va omad tiladi.

Shuningdek, konferensiya davomida rasmiylar ramziy maʼnoda 5 tashabbus Olimpiadasi doirasida “Ichki ishlar vaziri” kubogi musobaqalariga start berishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu