21 Iyul 2021 1362

Tokio-2020: Musobaqalar boshlandi

Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk bellashuvlariga start berildi. Garchi Rasmiy ochilish marosimiga 2 kun vaqt qolgan bo‘lsa ham bugundan bir qator yo‘nalishlarda saralash bellashuvlari boshlandi.

Mazkur Olimpiya o‘yinlarining dastlabki bellashuvi Olimpiya oilasida debyut qilayotgan beysbol bo‘yicha o‘tkazildi. Unda Avstraliya va Yaponiya ayollar jamoasi bahs olib bordi. Mezbonlarning katta ustunligida o‘tgan bellashuv 8:1 hisobida kunchiqar yurt vakillarining foydasiga hal bo‘ldi.

Shuningdek, kun davomida beysboldan tashqari ayollar futboli bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, musobaqaning tantanali ochilish marosimi 23-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Text to speech