9 Aprel 2025
587
Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov 25 yoshda!
Bugun boks boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, shuningdek, dunyo birinchiligi, Osiyo chempionati va oʻyinlari gʻolibi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Abdumalik Xalokov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.