8 Aprel 2025 931

Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Muloqotda rasmiylar “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, ommaviy sportni rivojlantirish, seleksiya tizimini takomillashtirish, joylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda sport zaxirasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha holat bilan tanishdi. Uchrashuvda mazkur yoʻnalishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobot tinglandi.

Suhbat yakunida rejalashtirilgan tadbirlar borasida kerakli tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, sportchilarni puxta tayyorlash, yoshlarni sportga keng jalb etish, hududiy tashkilotlar va sport muassasalari bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech