7 Aprel 2025
647
Toshkentda stol tennisi murabbiylari uchun seminar davom etmoqda
Poytaxtimizda stol tennisi murabbiylari uchun oʻtkazilayotgan seminar muvaffaqiyatli tashkil etilmoqda. Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafarga yaqin mutaxassis iordaniyalik mutaxassis tomonidan olib borilayotgan darslarda oʻz malakalarini oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining Olimpiya birdamligi loyihasi asosida tashkil etilayotgan ushbu loyiha 10-aprelga qadar davom etadi.