8 Aprel 2025 689

Bektemir Meliqoʻziyevni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek boksining yorqin vakillaridan biri, Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush, jahon chempionatlarining kumush va bronza medallari sovrindori, ikki karra Osiyo chempioni, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Bektemir Meliqoʻziyev tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.

Text to speech