7 Aprel 2025 1108

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

3-6-aprel kunlari poytaxtimizda konkur boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Unda Respublikamizning koʻplab viloyatlaridan tashrif buyurgan chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.

Bellashuvlar yakuniga koʻra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Neʼmatov turli yoʻnalishlarda chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pergabriyel Papadia de Bottini ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga koʻtarilayotganini taʼkidladi.

Text to speech