7 Aprel 2025
618
Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon kubogining ilk bosqichida toʻrtta medalga sazovor boʻlishdi
4-6-aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. 50 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham medallar uchun kurash olib borishdi. Yakunda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldilar.
Kumush medal:
Taxmina Ikromova (bulava)
Guruh mashqi (3 toʻp va 2 xalqa)
Bronza medal:
Taxmina Ikromova (koʻpkurash)
Taxmina Ikromova (toʻp)