6 Aprel 2025 945

Xalqaro sport kuni keng nishonlandi

1896-yil 6-aprel sanasida zamonaviy Olimpiya o‘yinlariga asos solingan. Ana shu tarixiy voqea munosabati bilan har yili 6-aprel — Xalqaro sport kuni sifatida keng nishonlanadi.

Bugun poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” hududida o‘zbek sportining taniqli vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari sport yulduzlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Atletlarimiz esa kichik mahorat saboqlari orqali yurtdoshlarimizga yuqori kayfiyat ulashdilar.

Text to speech