6 Aprel 2025 638

Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi!

Braziliyaning Fors-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. World Boxing tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

 Oltin medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov

 Kumush medal:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg: Akmaljon Isroilov

 Bronza medal:
-60 kg: Madiyar Daniyarov

Text to speech