5 Aprel 2025
629
Bahodir Jalolov professional boksda 15-gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Boks boʻyicha ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Qozogʻistonning Ostona shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida 15-jangini oʻtkazdi. Ukrainalik Igor Shevazuskiyga qarshi bahs toʻliq davom etdi. Yakunda hamyurtimiz ochkolar evaziga muvaffaqiyatga erishdi va gʻalabali seriyasini davom ettirdi.