Yetti nafar bokschimiz Jahon kubogida chempionlik uchun jang qiladi
Braziliya mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha Jahon kubogining yarim finallari yakunlandi. Ortda qolgan kun ringga koʻtarilgan uch nafar yurtdoshimizning barchasi ishonchli gʻalabalar bilan final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Xose Felipe (Gvatemala) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Dias Moljigitov (Qozogʻiston) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Yakub Strashevski (Polsha) 5:0
Bugun Jahon kubogida oʻz vaznining dastlabki gʻoliblari aniqlanib, 7 nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga koʻtarilishadi. Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Asilbek Jalilov — Niki Kummings (Fransiya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kaue Belini (Braziliya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Daulet Tulemissov (Qozogʻiston)
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev — Isaak Okoh (Angliya)
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Nursultan Altinbek (Qozogʻiston)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Voderley Perreyra (Braziliya)
+90 kg: Jahongir Zokirov — Damar Tomas (Angliya)