5 Aprel 2025 174

Oybek Kasimov Osiyo stol tennisi ittifoqi Bosh direktori bilan qitʼa chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi

Bugun Osiyo stol tennisi ittifoqi Bosh direktori Nabil Al-Fakih O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Yamanlik mutaxassisni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Tomonlar uchrashuv mobaynida iyun-iyul oylarida poytaxtimizda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.

Oybek Omilovich suhbatda mamlakatimiz ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, bu borada mahalliy mutaxassislarda ulkan tajriba mavjudligini taʼkidladi. O‘z navbatida, janob Al-Fakih O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining yangi rahbariyati xalqaro tashkilot bilan yaqin munosabatlarni o‘rnatib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, mehmon ayni kunlarda poytaxtimizda Olimpiya birdamligi loyihasi asosida o‘tayotgan murabbiylar seminari yuqori darajada tashkil etilganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkentda may oyida “Youth contender” musobaqasini ham o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar, qolaversa o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari haqida so‘z yuritishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu