20 Iyul 2021 660

O‘zbekiston delegatsiyasi Tokioda!

Kecha tunda XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan O‘zbekiston delegatsiyasi biroz avval Tokioning Narita aeroportiga yetib bordi.

Tashkiliy qo‘mita shartlariga ko‘ra, delegatsiyamiz a’zolari aeroportda ham koronavirusga qarshi test topshirishmoqda va boshqa kerakli ishlar yakunlangach ular shaharga kiritiladi. Shu bilan sportchilarimiz ajratilgan maxsus transportda Olimpiya shaharchasi sari yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi maxsus ajratilgan charter reys bilan “Boeing 787 Dreamliner” havo kemasida Tokioga yetib oldi.

23-iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilsa, 24-iyuldan vakillarimiz medallar uchun kurashga kirishadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech