4 Aprel 2025 1116

Ot sporti turlari boʻyicha yangi Olimpiya sikliga oid qarorlar qabul qilindi

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasining “FEI International Sports Forum 2025” forumi oʻtkazildi. Unda mamlakatimiz nomidan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etdi.

Forumda ot sporti turlari boʻyicha Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlarining saralash tizimi eʼlon qilindi. Shuningdek, B.Gaziyev tadbir davomida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va tajriba almashish maqsadida qator tashkilotlarning rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Text to speech