4 Aprel 2025 160

Yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatida qatnashishadi

7-15-aprel kunlari Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Dunyoning eng kuchli yosh qilichbozlari jam boʻladigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.

Hozirda jahon chempionatining dastlabki kunlarida bellashadigan sportchilarimiz Usiga yetib borishgan va musobaqa oldidan soʻnggi mashgʻulotlarni olib borishmoqda. Mamlakat qilichbozlik federatsiyasining maʼlum qilishicha, dunyo birinchiligida Gulistan Perdibayeva, Dilnaz Murzatayeva, Fernanda Errera, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov kabi 22 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu