4 Aprel 2025 168

Dastlabki yarim finallardan keyin 4 nafar bokschimiz finalga yoʻl oldi

Braziliya mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha Jahon kubogida yarim finalning dastlabki kun bahslari ortda qoldi. Xabar berganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi ringga koʻtarildi. Yurtdoshlarimizdan Madiyar Daniyarov bronza medalini naqd qilgan boʻlsa, qolgan 4 nafar vakilimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

-60 kg: Madiyar Daniyarov – Luiz Oliveyra (Braziliya) 1:4
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev – Vishal (Hindiston) 5:0
-50 kg: Asilbek Jalilov – Jadumani Mandengbam (Hindiston) 3:2
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Mixal Yarlinski (Polsha) 4:1
+90 kg: Jahongir Zokirov – Daniyal Saparbay (Qozogʻiston) 5:0

Bugun yarim finalning ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkazilib, unda 3 nafar vakilimiz bahs olib boradi.

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov Xose Felipe (Gvatemala)
-80 kg: Javohir Ummataliyev Dias Moljigitov (Qozogʻiston)
-85 kg: Akmaljon Isroilov Yakub Strashevski (Polsha)

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu