3 Aprel 2025
265
Oybek Kasimov IFMA vitse-prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga Muaytay assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi (IFMA) vitse-prezidenti, Yevropa va Turkiya muaytay federatsiyalarining rahbari Hasan Yildiz tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi.
Tomonlar samimiy ruhda oʻtgan suhbatda joriy yil Chendu shahrida oʻtkaziladigan Butunjahon sport oʻyinlari, Ar-Riyod mezbonlik qiladigan Islom birdamligi oʻyinlariga oʻzbekistonlik sportchilarni puxta tayyorlash borasida fikr almashishdi. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, yoshlar orasidagi ommaviyligini oshirish haqida ham soʻz bordi.