3 Aprel 2025 187

Ikki nafar bokschimiz keyingi bosqichga yoʻl oldi

Brazliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks boʻyicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Ortda qolgan kun 4 nafar hamyurtimiz ringga koʻtarilib, ularning ikki nafari gʻalaba qozonishga erishdi.

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nikolas Pavlik (Polsha) 5:0
-70 kg: Iqboljon Xoldorov - Odel Kamara (Angliya) 0:5
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Yuri Reys (Braziliya) 2:3
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Robbi Gonsales (AQSH) 3:2

Bugundan musobaqaning yarim final bahslari boshlanadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi jang oʻtkazishi belgilangan. Juftliklar:

-60 kg: Madiyar Daniyarov Luiz Oliveyra (Braziliya)
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev Vishal (Hindiston)
-50 kg: Asilbek Jalilov Jadumani Mandengbam (Hindiston)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev Mixal Yarlinski (Polsha)
+90 kg: Jahongir Zokirov Daniyal Saparbay (Qozogʻiston)

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu