Bokschilarimiz Jahon kubogida magʻlubiyatsiz ishtirok etishmoqda
Braziliyada boks boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Ushbu kunda ringga koʻtarilgan uch nafar bokschimizning hammasi gʻalabaga erishdi va keyingi bosqichga yoʻl olishdi.
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya) 4:1
-50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozogʻiston) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (Shveysariya) 5:0
3-aprelga oʻtar kechasi terma jamoamizning 4 nafar vakili ishtirok etadi. Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Nikolas Pavlik (Polsha)
-70 kg: Iqboljon Xoldorov – Odel Kamara (Angliya)
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev – Yuri Reys (Braziliya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Robbi Gonsales (AQSh)