1 Aprel 2025 205

Toshkentda stol tennis murabbiylari uchun seminar boshlandi

Bugun poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha mahalliy murabbiylar uchun seminar boshlandi. 10 aprelga qadar davom etadigan ushbu tadbir O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Olimpiya birdamligi loyihasi, Xalqaro va mamlakat stol tennisi federatsiyalari hamkorligida tashkil etilmoqda. Darslar iordaniyalik ekspert Muhammad Atum tomonidan o‘tkaziladi.

Malakali mutaxassis seminar davomida sportchilarni shug‘ullantirishning zamonaviy metodikalari, ularga to‘g‘ri yuklama berish va musobaqalarga psixologik tayyorlash kabi yo‘nalishlarda o‘z tajribasi bilan ulashadi.

Qayd etish joiz, 48 yoshli ekspert Iordaniya, O‘mon kabi terma jamoalarida murabbiylik qilgan. Bugungi kunda Qatarda faoliyat olib bormoqda. 2020-2024 yillar Xalqaro stol tennis federatsiyasining Rivojlanish dasturiga rahbarlik qilgan.

Seminarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 28 nafar murabbiy qatnashmoqda.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu