31 Mart 2025
222
Chigirev va Geynish juftligi yilning eng yaxshilari qatorida e’tirof etildi
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) joriy mavsum yakuni boʻyicha eng yaxshilarni eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi “Eng yaxshi debyutanti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Hamyurtlarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishdi. Shunga qaramay, Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor boʻlishdi.
Qolaversa, Boston shahrida oʻtgan jahon chempionatida kuchli oʻnlikdan joy olib, Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar.