29 Mart 2025
1361
Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunlashdi
Iordaniyada tashkil etilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar kurashi bahslari yakuniga yetdi. Ortdan qolgan kun hamyurtlarimizdan 18 yoshli Shahzoda Allaniyazova (-65 kg) bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Bugundan erkin kurash bahslariga navbat beriladi. Unda gilamga chiqadigan 5 nafar hamyurtimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev – Jayong An (Koreya Respublikasi) / Rahat Kaljan (Qozogʻiston)
-65 kg: Umidjon Jalolov – Kaisie Tanabe (Yaponiya)
-70 kg: Begijon Qoʻldoshev – Shirmuhammet Bekiyev (Turkmaniston)
-79 kg: Asadbek Karimov – Chandermohan (Hindiston)
-97 kg: Maxsut Veysalov – Ganxuyag Ganbatar (Moʻgʻuliston)






