28 Mart 2025
1191
Bugun ayollar kurashi boʻyicha bahslar yakunlanadi
Iordaniyada sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining uchinchi kun bahslari ortda qoldi. Unda ayollar kurashi boʻyicha 5 ta vazn toifasida bellashuvlar oʻtkazildi. Afsuski, hamyurtlarimizdan hech kim shohsupaga koʻtarila olmadi.
Bugun 4 nafar sportchimiz ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan:
-53 kg: Shohida Ahmedova – Meng Xsiyen (Xitoy Taipeyi)
-62 kg: Miyasar Kushmuratova – Kalmira Bilimbek kizi (Qirgʻiz Respublikasi)
-65 kg: Shahzoda Allaniyazova – Ayla Mayali (Iordaniya)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Nurzat Nurtayeva (Qirgʻiz Respublikasi)



