27 Mart 2025
202
Chigiryev va Geynish qisqa dasturdan so‘ng 11-o‘rinda
Boston (AQSh) shahrida o‘tayotgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Dmitriy Chigiryev va Yekaterina Geynish qisqa dasturda 62.33 ball jamg‘arib, 11-natijani qayd etishdi.
Endi ular 28-martga o‘tar kechasi soat 03:15 da boshlanadigan erkin dasturda o‘z chiqishlarini namoyish etishadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladi!
Hammasi oldinda, sportchilarimizga omad tilaymiz!