26 Mart 2025 138

Oʻzbekistonlik figurali uchuvchilar jahon chempionatida ishtirok etishadi

Bugun AQShning Boston shahrida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Ushbu musobaqa Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi muhim turnirlardan biri hisoblanadi.

Unda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini Dmitriy Chigiryev va Yekaterina Geynish himoya qilishadi. Bugun sportchilarimiz qisqa dastur bo‘yicha chiqishlarini namoyish etadilar.

Juftlik dasturi Toshkent vaqti bilan 27-martga o‘tar kechasi soat 03:45 da boshlanadi.

Hamyurtlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu