24 Mart 2025 1180

Rasuljon Abdurahimov yangi mavsumdagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritdi

Hafta yakunida Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bahslari boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rasuljon Abdurahimov kumush medalga sazovor boʻldi. Abdurahimov ushbu muvaffaqiyatga oʻzining sevimli parallel brusdagi mashq dasturida erishdi.

Parallel brus:
1. Ferxat Arijan (Turkiya) – 14.466
2. Rasuljon Abdurahimov (Oʻzbekiston) – 14.200
3. Yusuke Tanaka (Yaponiya) – 13.600

Text to speech