23 Mart 2025
163
Ikki karra Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitovni tabriklaymiz!
Bugun taekvondo WT boʻyicha Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni, jahon chempionati bronza medali sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ulugʻbek Rashitov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.