XOQning 144-Sessiyasida qabul qilingan eng muhim qarorlar

Gretsiyada Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ)ning 144-Sessiyasi oʻz ishini yakunladi. Ushbu Sessiya quyidagi eng muhim voqeliklar bilan yodda qoladigan boʻldi:

Kirsti Koventri (Zimbabve) XOQ Prezidenti etib saylandi. U XOQ Prezidentlari orasida eng yosh (41) rahbar boʻladi. Shuningdek, Koventri mazkur lavozimni egallaydigan dastlabki ayol va Afrika qitʼasi vakili sifatida qayd etildi. XOQ Prezidenti sifatida rasman 2025-yilning 23-iyun kunidan ishga kirishadi.

Boks rasman Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin oldi. World Boxing bellashuvlarning tashkilotchisi sifatida belgilandi.

Tomas Bax XOQning faxriy Prezidenti maqomiga ega boʻldi. Ayni paytdagi XOQ rahbarining olimpiya harakati rivojiga qoʻshgan hissasi evaziga unga umrbod mazkur maqom berildi.

Mazkur Sessiya XOQ uchun tashkilotning taraqqiy etishi yoʻlida katta ahamiyat kasb etadigan boʻldi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu