Chirchiq shahri ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

Chirchiq shahri yurtimizning eng kuchli ogʻir atletikachilarini chorlaydi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 6-13-aprel kunlari kattalar va U20 yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqalar may oyida Xitoyda oʻtadigan Osiyo chempionati oldidan asosiy jamoamizning tayyorgarligini koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim etadi.

Shuningdek, 6-11-aprel kunlari “Uzbekistan open” xalqaro turniri oʻtkazilib, unda qoʻshni mamlakatlardan tashrif buyuradigan sara polvonlar bahs olib borishi kutilmoqda.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu