Tbilisi “Katta dubulgʻa” turnirida qatnashuvchi dzyudochilarimiz aniq
21-23-mart kunlari Gruziya poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” tasnifiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. 54 mamlakatdan 400 nafardan ortiq sportchi qatnashadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.
Hozirda sportchilarimiz Tbilisida soʻnggi tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-81 kg: Suhrob Tursunov
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Rustam Shorahmatov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Rushona Alisherova
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurillayeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Marjona Koʻchimova
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva