18 Mart 2025
238
Navroʻz bayrami oldidan sportimiz faxriylariga sovgʻalar ulashildi
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan umumxalq bayramlari oldidan sportimiz fidoyilarining holidan xabar olish yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu anʼana bu yil ham davom etib, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida faxriylarimizga ehtirom koʻrsatildi.
Turli davrlarda oʻzbek sporti rivoji uchun umrini bagʻishlagan fidoyilarga Sport vazirligi, MOQ va homiylarning sovgʻalari yetkazildi. Oʻz navbatida, faxriylarimiz davlatimizning bunday gʻamxoʻrlikdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.