18 Mart 2025 274

Gretsiyada XOQning 144-Sessiyasi oʻz ishini boshladi

Ayni kunlarda dunyo sporti hamjamiyatining nigohi Gretsiyaning Olimpiya va Kosta Navarino shaharlariga qaratilgan. Boisi bugundan mazkur shaharlarda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 144-Sessiyasi boshlanadi. 21-martga qadar davom etadigan mazkur tadbirda XOQning yangi Prezidenti saylanadi. Shuningdek, boks sportining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlaridan joy olishi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

17-mart kuni XOQ Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi oʻtkazildi. Unda World Boxing tashkilotining boksni boʻlajak Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish boʻyicha taklifi qoʻllab-quvvatlandi.

Dasturga koʻra, bugun Olimpiya shahrida Sessiyaning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ertadan tadbir Kosta Navarino shahrida davom ettiriladi. XOQning yangi Prezidentini saylash 20-mart kuniga belgilangan. 21-mart sanasida esa yangi rahbar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. XOQ Prezidentligi uchun daʼvogarlik qilayotgan nomzodlar:

Shahzoda Faysal Al Husayn (Iordaniya)
Sebastyan Kou (Buyuk Britaniya)
Kristi Koventri (Zimbabve)
Yoxan Eliash (Buyuk Britaniya)
David Lapartyan (Fransiya)
Xuan Antonio Samaranch-kichik (Ispaniya)
Morinari Vatanabe (Yaponiya)

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu