Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasining konferensiyasi oʻtkazildi



Bugun Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa va Sport vazirliklari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati va federatsiya rayosati aʼzolari ishtirok etishdi.

Rasmiylar Prezidentimiz tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, ushbu sport turida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar olish ustuvor vazifalardan ekanini taʼkidlashdi. Shundan kelib chiqqan holda federatsiya rahbariyati tarkibi qayta shakllantirildi.

Unga koʻra, Ramiz Yenaliyev, Akbar Karimov hamda Husan Botirov federatsiya raisi oʻrinbosari lavozimiga saylanishdi. Shuningdek, federatsiyaning nazorat-taftish hayʼati, hududiy boʻlimlari rahbarlari va Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ham tasdiqlandi.

Yigʻilish davomida federatsiyaning boʻlajak Osiyo va Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi muhokama qilinib, bu borada amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Qolaversa, yangi Olimpiya sikliga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Mudofaa va Sport vazirligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu