17 Mart 2025 154

“Uzbekistan Global Tour”da uchinchi bosqich gʻoliblari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar bahsida quyidagi sportchilar oʻz yoʻnalishida gʻalaba qozonishdi:
“A” toifasi, 135 sm (toʻsiq balandligi): Oqil Sobirjonov (“Paris” laqabli otda);
“D” (120 sm): Saidamirxon Turgʻunboyev (“Cornet BS”);
“B” (115 sm): Dilshod Shokirov (“Kaskat”);
“E” (110 sm): Mila Isroilova (“Shef blue”);
“C” (105 sm): Asal Saidahmedova (“Karina”);
“F” (95 sm): Mumtozbegim Hakimova (“Champion”);
Boshlangʻich otlar: Nigʻmat Ismoilov (“Akstafa”).

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu