17 Mart 2025 243

Bokschi qizlarimiz Serbiyadagi jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunlashdi

Serbiyaning Nish shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz tarixida ilk bor 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

-66 kg vazn toifasining final jangida Navbahor Hamidova Olimpiada va jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shunday boʻlsa ham, u kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiliklarining finalida ringga koʻtarilgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylandi. Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimizni eslab oʻtamiz:

 Kumush medal:
-66 kg: Navbahor Hamidova

 Bronza medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu jahon chempionatida qoʻlga kiritilgan tarixiy natija bilan mamlakat boks federatsiyasi, murabbiylar shtabi hamda sportchi qizlarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu