16 Mart 2025 239

Mirabror Usmonov xotirasiga parashaxmat boʻyicha “Yorqin kelajak” turniri oʻtkazildi

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida 18 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida “Yorug‘ kelajak” parashaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Taniqli oʻzbek arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining sobiq rahbari xotirasiga bagʻishlab tashkil etilgan ushbu tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham qatnashdi.

Turnir rapid shaxmat yo‘nalishida, shveytsarcha tizim asosida o‘tkazilib, 9 tur davomida eng kuchlilar aniqlandi. Yakunda gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu