16 Mart 2025 221

Nish-2025: Navbahor Hamidovaga muxlislik qilamiz

Bugun oʻzbek boksida ahamiyatli kun. Serbiyada oʻtayotgan ayollar (kattalar) oʻrtasidagi jahon chempionatining finalida ilk bor oʻzbekistonlik bokschi qiz Navbahor Hamidova (-66 kg) oltin medal uchun ringga koʻtariladi.

Hamyurtimizga chempionlik yoʻlida turkiyalik Busenaz Surmeneli raqiblik qiladi. Qayd etish joiz, Surmeneli Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 22:45 da boshlanadi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu