15 Mart 2025 409

MOQ rahbariyati “Yashil makon” loyihasida faol qatnashdi

Yurtimiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ommaviy koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bugun Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Sportchilar bogʻi” hududida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, taniqli sportchilar ishtirokida ana shunday tadbirlardan biri oʻtkazildi.

MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ham ushbu aksiyada faol ishtirok etib, bir nechta tup koʻchat ekishdi. Navroʻz umumxalq bayrami oldidan tashkil etilayotgan bunday umummilliy loyiha barcha qatnashchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Text to speech