15 Mart 2025 119

Nish-2025: Navbahor Hamidova finalda!

Serbiyaning Nish shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida hamyurtlarimiz yana bir tarixiy natija qayd etishdi. -66 kg vazn toifasida qatnashayotgan Navbahor Hamidova bokschi qizlarimiz orasida birinchi bor jahon chempionatlarining final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Yarim finalgacha yetib borgan Farzona Fozilova (-48 kg), Sabina Boboqulova (-50 kg) hamda Feruza Kazakova (-52 kg) esa bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

-48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya Chumgalakova (Rossiya) 0:5
-50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy) 0:4
-52 kg: Feruza Kazakova - Pang Chol Mi (KXDR) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya) 4:3

Bugun musobaqada dam olish kuni final janglari ertaga tashkil etiladi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu