14 Mart 2025 233

Talabalar uchun ommaviy sport musobaqalari yoʻlga qoʻyiladi



Oʻzbekiston MOQ rahbariyati bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli tashkilotlarning mutasaddilari bilan talaba yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbatda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish orqali ularning salomatligini yanada mustahkamlash, sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida maʼlum mashqlarning bajarilishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan talabalarni I, II va III darajali nishonlar bilan taqdirlash, ularga esdalik sovgʻalarini taqdim etish kabi takliflar ilgari surildi. Shuningdek, oʻquvchilarning natijalarini raqamlashtirish borasida ham fikr bildirildi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu