13 Mart 2025 129

Olmazor tumanidagi taʼlim muassasalarida sportga yaratilgan sharoitlar oʻrganildi

Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyatining poytaxtimizdagi taʼlim muassasalarida sportga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishda davom etadi. Bugun mutasaddilar Olmazor tumanida joylashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU), 28-umumtaʼlim maktabi hamda Milliy gvardiya qoshidagi sport maktabini koʻzdan kechirishdi.

OʻzMUdagi oʻrganish ishlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov rasmiylarga hamrohlik qildi. Mutasaddilar taʼlim muassasalarida yoshlarning shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, mashgʻulotlar grafigini koʻzdan kechirib, murabbiylar va yosh sportchilar bilan suhbatlashishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu